Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” xalqaro Coursera online malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan ingliz tili, informatika fani oʻqituvchilari va yuqori sinf (7-11) oʻquvchilari uchun tanlov eʼlon qilgan edi.
Tanlovning 1-bosqichida respublika boʻyicha 352 nafar ishtirokchi faol qatnashdi. Ular orasidan tanlov shartlarini toʻliq va haqqoniy bajargan, yaxshi natijaga erishgan va eng yuqori koʻrsatkichni egallagan 15 nafari gʻolib xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida taqdirlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Xalq taʼlimi vazirligining tashabbusi bilan birinchi bosqichga qoʻshimcha oʻrin sifatida yana 15 nafar gʻolib saralab olindi. Tez kunlarda yangi gʻoliblar ham noutboʻk bilan taqdirlanadi.
Bunday tanlovlar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan doimiy ravishda tashkil etilib eng faol oʻqituvchi va maktab oʻquvchilari taqdirlanib boriladi.