Kinematografiya agentligi hamda Sogʻliqli saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilayotgan “Pandemiya. COVID-19” badiiy filmining dastlabki tizeri taqdim etildi.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayev suratga tushgan.

Filmda 2020–2021-yillarda butun dunyoga, xususan Oʻzbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Sovid-19 kasalligi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga taʼsiri haqida hikoya qiladi.

Film real voqealarga asoslangan.