Xitoylik olimlar aniqlagan ushbu antitanacha COVID-19 ning barcha shtammlarining taʼsirini neytrallashtira oladi. Bu haqda bioRxiv elektron kutubxonasida eʼlon qilingan maʼlumotlarda qayd etilgan.

Olimlarning taʼkidlashicha, 35B5 antitanachasi "Omikron" shtammini ham zararsizlantirishga qodir.

Ushbu antitanacha koronavirusning ogʼir shaklini boshdan oʼtkazgan bemorlarning qon namunalarini oʼrganish jarayonida kashf qilindi. Olimlar antitanachalarni ishlab chiqaruvchi hujayralarni qon namunasidan ajratib olib, koronavirusning turli qismlariga taʼsirini kuzatishgan.

Qayd etilishicha, ushbu 35B5 antitanachasi universal vaktsina yaratish uchun asos boʼlib xizmat qilishi mumkin.