Kinematografiya agentligi "Hujjatli va xronikal fil`mlar kinostudiyasi" DUK tomonidan “Covid-19: sinovli kunlar” 2 qismli hujjatli fil`mi suratga olinmoqda. 

Mazkur kinokartina mamlakatimizga koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan harakatlarni aks ettiradi. 

Stsenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullaev, operator Muzaffar YUsupov, operator assistenti Komil Nugmanov, muharrir Umida YAxshiboeva, fil`m direktori Zuhra Po'latova.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati