Koronavirus pandemiyasi olimlarni bu borada izlanishga undadi. Odamlar gavjum boʻladigan, savdo doʻkonlari, fabrika, omborxona, turli yopiq inshootlarda foydalanishga moʻljallangan robot ana shunday izlanishlar samarasidir.

Qurilma soatiga 0,5 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 1200 kvadrat metr maydonni ultrabinafsha nuri orqali dezinfeksiya qilish imkoniyatiga ega. Robot pol yuzasidagi infeksiyani 90 foizga zararsizlantiradi.

Mazkur robot jamoat joylarida COVID-19 tarqalishining oldini olishda samarali ekani aytilmoqda.