Ular milliardlab yillar oldin qadimgi ko'l to'lqinlari ta'sirida o'zgarishlarga uchragan. Olimlarning fikricha, bu o'tmishda Marsda suv havzalari mavjudligini isbotlaydi.
NASA reaktiv harakat laboratoriyasi tadqiqotchisi Ashvin Vasavadaning aytishicha, milliardlab yillar avval qadimgi ko'lning to'lqinlari uning tubidagi cho'kindilarning tuzilishini o'zgartirgan. Ular to'lqinli tuzilishga ega toshlarga aylangan.
Rover uni Eolis tog'i etagidan topdi. Shuningdek, apparat u yerda suv to'lqinlari yuvib turgan toshlarga ham duch keldi.
“Eng qadimiy qoyalar pastda, eng yoshi esa uning cho'qqida joylashgan. Bu tog'ni o'rganish Yerga o'xshash sayyora – Marsning bugungi sovuq va cho'l sayyoraga aylangunigacha bosib o'tgan evolyutsion yo'lni tushunish imkonini beradi. Bundan milliard yillar oldin Marsda katta miqdordagi suv mavjud bo'lgani hisobiga mikroblarning paydo bo'lishi va rivojlanishi mumkinligidan dalolat beradi. Hatto shuncha ko'p vaqt o'tgan bo'lsa ham bu yerda uning mavjudligi belgilarini topish mumkin”, deydi mutaxassislar, deb xabar beradi korrespondent.net.