Viloyat rahbari bugun ham hududlarda bir qator muammolar aniqlanganligini ta'kidlab, mas'ullarning muammolarni hal etishdagi faoliyati qoniqarqiz ekanligini qayd etdi.
Jumladan, birinchi navbatda aholiga gaz etkazib berish lozimligi belgilangan bo'lsada Termiz shahri va Sherobod tumanida umumiy ovqatlanish shaxobchalari, hammom va boshqa tarmoqdan uzilishi kerak bo'lgan ob'ektlar tabiiy gazdan foydalanib kelgan. Hudud mas'ullari tomonidan bu holat nazoratsiz qoldirilgan, shuningdek, ushbu hududlarda gaz sohasi bilan bog'liq qator muammolar mavjud bo'lib, ularni bartaraf etish bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilmagan. Faoliyatida xato-kamchiliklarga yo'l qo'yganligi sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz taminoti bo'limi rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo'yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, bugun viloyat hokimining hududlarga tashrifi davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman mas'ullarining axborotlari tinglandi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati