Mazkur davolash usulining mohiyati bemorlarda D gepatiti virusi RNK darajasini 24-48 hafta ichida kamaytirishi mumkin boʻlgan dorilar kombinatsiyasini qoʻllashdan iborat.

“D gepatiti yoki delta mustaqil virus emas, u organizmda faqat bemorda B gepatiti boʻlgan taqdirdagina boʻlishi mumkin. Bu ikki virusning kombinatsiyasi kasallikning kechishini sezilarli darajada yomonlashtiradi, terapiyani murakkablashtiradi siroz, jigar saratoni va jigar etishmovchiligining tez rivojlanishiga sabab boʻladi”, deydi Bogomolov.

B gepatitiga qarshi emlanish ushbu virusga qarshi samarali himoya boʻladi, chunki D gepatiti virusi organizmda alohida mavjud boʻla olmaydi. Deltaga qarshi vaksina mavjud emas.

“Agar D gepatiti virusi RNK faolligi bostirilsa, bu bemorlarni muvaffaqiyatli davolash imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Baʼzi hollarda, bu nafaqat bemorlarning hayotini saqlab qolish, balki B gepatiti kasalligini toʻliq davolash imkonini beradi.

Moskva viloyati Ilmiy-tadqiqot klinik institutida biz ishlab chiqqan usul allaqachon nafaqat Rossiyada, balki Yevropa Ittifoqida ham qoʻllanilyapti va hozirda jahon professional jamiyati unga baho berib, samaradorligini tan olgani uchun uning hamma joyda tatbiq etilishiga umid qilamiz”, deydi u.