Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 4 aprel, shanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida, Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublika janubidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda u momaqaldiroq bilan kechadi. Qolgan hududlarda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, respublika shimoli, janubi va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligini, tog‘larda esa qor ko‘chishi xavfi mavjudligini bildirmoqda.

Toshkent shahrida shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 19–21 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13–15 daraja, kunduzi 22–24 daraja bo‘ladi.