Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Taʼkidlanishicha, dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Bugun kunduzi havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida boʻladi. Dam olish kunlari harorat asta-sekin koʻtariladi va yakshanba kuni havo 14-17 daraja iliqqacha isiydi.
Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga oʻtar kechasi havo 0-5 daraja iliqqacha boʻladi.
Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharq tomondan esadi, bugun baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan oʻrtachagacha boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda 29-31-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 29-martda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda: 29-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 30-31-martda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzi harorat 10-12 daraja iliq, shanba kuni 12-14 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq boʻladi. Kechalari harorat 3-5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.