Bugun 22-dekabr va 23-24-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat koʻtariladi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida havo 8-13 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 12-17 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari ham havo iliq boʻladi, yakshanba kuniga kelib, harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Bu kunlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda 24-dekabr — yakshanba kuni asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, Fargʻona vodiysining ayrim joylariga tuman tushishi kunduzi ham saqlanib turadi.

24-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: 22-24-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan oʻrtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi, shanba va yakshanba kunlari esa kechalari 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 14-16 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.