Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinshidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 14-17 daraja iliqgacha isiydi, bu ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

Ertaga respublikaning katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi sababli ko‘rinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.