Ertaga respublika hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ammo bulutlilik koʻpayadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi.

Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kechasi havo harorati 3-8° iliq atrofida boʻladi, lekin kunduz kuni esa sezilarli darajada sovuqlashadi, kunduz kungi harorat 8-13° iliqdan yuqori boʻlmaydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.