Kunduzi havo +38...+41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +42...+43 darajagacha isiydi. Bunday qiymatilargacha havo 2016 va 2021-yillarning eng issiq iyun oylarida isigan.
Shimolda va choʻl hududlarda shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda havo bulutsiz boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan +38...+40 daraja boʻladi.