"O'zgidromet" xizmatining ma'lum qilinishicha, shanba va yakshanba kunlari hududning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo'ladi. Havo harorati shanba kuni 30-35 daraja, yakshanba kuni 32-37 daraja, janubda va cho'l hududlarda 39 darajagacha bo'ladi.
Dam olish kunlari shimoliy-g'arbiy hududlarda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 22-27 darajagacha pasayadi
Poytaxtda: 8 sentyabrda bulutli bo'ladi, ba'zida havo bulutlardan ochiladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32 daraja bo'ladi.