Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.

Juma kuni havo harorati asosan kunduzi +35…+37 daraja, janubda +40 darajagacha boʻladi. Sinoptiklarga koʻra, bu avgust oyi birinchi oʻn kunligining iqlimiy meʼyoriga yaqindir.

Dam olish kunlari harorat kunduz kunlari +37…+40 daraja atrofida, janubda +42 darajagacha koʻtariladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 10-avgustda respublika shimolida baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +21, +23 daraja, kunduz kunlari 8-avgustda +35…+37 daraja, 9−10-avgustda +37…+39 daraja boʻladi.