Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar qildi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25-fevralda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Poytaxtimizda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 3-5 daraja iliq boʻladi.
Shanba kuni vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.
Yakshanba kuni biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq boʻladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esdi.