Agentlikning xabar berishicha, bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻylab beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublikada vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, shimolda yogʻingarchilik qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomgʻir shaklida kuzatiladi, 18-19-yanvar kunlari baʼzi joylarda qor yogʻadi.
Fargʻona vodiysi hududlarida yogʻingarchilik faqat 19-yanvarda kuzatiladi. Harorat kunduzi 8-11 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi. Kechasi va ertalab respublika boʻylab baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib turgan holda 7-10 m/s tezlikda esadi, 18-19-yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtimizda: vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 18-yanvar kechasi va 19-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil oʻrtacha tezlikdagi shamol boʻladi. Bugun havo harorati kunduzi 8-10 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq boʻladi.