Kecha tushdan keyin kunduz kungi havo harorati oʻzining meʼyoriy qiymatlariga etdi, bugun va dam olish kunlarida esa kunduz kunlari havo 36-38° gacha isiydi. Kechalari harorat koʻtariladi, yakshanba kuniga kelib, harorat 20-22° qiymatiga etadi. Dam olish kunlarida harorat meʼyordan 2-4° ga yuqori boʻladi.

Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi bir ozdan oʻrtachagacha boʻladi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmatlari markazi.