Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 4-7o iliqdan yuqori boʻlmaydi.
Shanba kuni faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida biroz yogʻingarchilik (asosan qor koʻrinishida) saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqgacha pasayadi, kunduzi 5-10o iliqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni respublikaning katta qismida quruq va oʻrtacha iliq ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpogʻistonning shimolida baʼzi joylarda biroz qor kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqni, kunduzi 7-12o iliqni tashkil etadi.
18-19-mart kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Ushbu kunlarda respublikaning togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.