Kechasi respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida yomgʻir yogʻdi, togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻldi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.
Ertalabga kelib, kirib kelgan front Oʻzbekistonning eng sharqiy hududlari tomoniga qarab siljidi.
Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 7-12° iliq atrofida boʻladi.
Togʻli hududlarda havo bulutli, baʼzi joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari sovuq antitsiklon respublikamiz hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika boʻylab yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 13-15° iliqqacha isitadi. Respublikaning shimolida harorat kechalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 4-7° iliq atrofida boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.