8-noyabrda respublika hududiga Kavkaz tomondan sovuq va nam havo oqimi kira boshlaydi. Kun davomida ushbu oqim respublikaning shimoli-gʻarbiy tumanlariga tarqaladi. Kechga borib u Oʻzbekistonning markaziy tumanlariga oʻtadi. Ushbu jarayonda respublika boʻyicha bulutlilik ortadi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi.

8-noyabrda kechqurun, kechasi va 9-noyabr ertalab mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy tumanlarida yomgʻir yogʻadi. Togʻli hududlarda yomgʻirning qorga aylanish ehtimoli bor, ayrim joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin.

Yakshanba kuni kunduzi harorat biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismda harorat 15-20 daraja, shimolda 8-13 daraja boʻladi. Keyingi haftaning boshida esa sovuq tushadi, tungi harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.