O'zgidromed 16—18-sentyabr kunlari mamlakatimizda kuzatiladigan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, bugun O'zbekiston bo'yicha asosan yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba'zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin. Harorat kunduzi 27-32° dan oshmaydi.

Shuningdek, dam olish kunlari respublika bo'yicha yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga tog' oldi va tog'li hududlardagi ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. O'zbekiston bo'yicha kechalari 11-16, kunduz kunlari 27-32 gradus atrofidagi iliq harorat saqlanib turadi.