Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi +3...+8 daraja iliq, 12-13-noyabrda -2 daraja sovuq - +3 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 11-noyabrda kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 12-13-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi +3...+8 daraja iliq, 12-noyabrda +1...+6 daraja iliq, kunduzi 11-12-noyabrda +11...+16 daraja iliq; 13-noyabrda +13...+18 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 11-noyabrda +3...+8 daraja iliq, 12-13-noyabrda -2 daraja sovuq-+3 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 11-noyabrda kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 12-13-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-12-noyabrda +3...+8 daraja iliq, 13-noyabrda +1...+6 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12-noyabrda +5...+10 daraja iliq, 13-noyabrda +3...+8 daraja iliq, kunduzi +17...+22 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 12-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12-noyabrda +3...+8 daraja iliq, 13-noyabrda +1...+6 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 11-12-noyabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 13-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi 11-noyabrda +10...+15 daraja iliq, 12-13-noyabrda +7...+12 daraja iliq boʻladi.