Dam olish kunlarida Boʻstonliqdagi togʻli hududlarda avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi

    Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB “Bildirsoy” va “Chimyon” kabi dam olish joylariga boruvchi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

    Qayd etilishicha, 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yoʻlining 57 kilometridan boshlab, mazkur yoʻlning 92 kilometrigacha, yaʼni, 4R10 avtomobil yoʻli bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

    Harakat “bir tomonlama” tashkil etilgan yoʻlning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yoʻl) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri) axborot koʻrsatkich yoʻl belgilari, shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (kirish taqiqlangan) yoʻl belgisi oʻrnatiladi.

    “Yusufxona” chorrahasida “bir tomonlama” harakat tugatiladi va avtomobillarga “ikki tomonlama” harakatlanishga ruxsat etiladi. “Yusufxona” chorrahasidan 4R10 avtomobil yoʻliga burilib, dam olish maskanlaridan ortga qaytish mumkin boʻladi.