Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shimoliy tumanlarda harorat foni 28-33 daraja atrofida boʻladi.
Ertaga respublikamiz hududida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat shimoliy tumanlarda, shuningdek, togʻli va togʻoldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroq boʻlib, yomgʻir yogʻishi mumkin. Koʻpchilik viloyatlarda harorat biroz pasayadi va kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Bugun va ertaga respublika boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni togʻli va togʻoldi hududlarda qisqa muddatli lokal (mahalliy) yomgʻirlar yogʻishi ehtimoli saqlanib turadi. Mamlakatimizning tekislik hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja atrofida saqlanib turadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.