Koʻpchilik viloyatlarimizda quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Ustyurtda kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor. Havo harorati 35-40o, baʼzi joylarda 42 gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46o, shimolda 28-33o ni tashkil etadi.
Yurtimizdan salqin havo frontlari oʻtishi oqibatida baʼzi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga changli boʻron bilan birga 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlarida nisbatan salqin havo oqimlari yurtimizning barcha hududlarini butunlay qamrab oladi, havo harorati kechalari 20-25o, kunduz kunlari 32-37o, janubda baʼzi joylarda 39o gacha atrofida boʻladi.
Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatlari markazi.