28-avgust soat 15:15 larda, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani hududidan oʻtgan 4K-339 “Qarshi aylanma yoʻlining” 6-kilometrida “Damas” rusumli avtomobil “Obdida-Xoʻjaqoʻrgʻon” koʻchalari kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻldan kelib, asosiy yoʻldan harakatlanib kelgan “Kamaz-5320” rusumli yuk avtomobilini oʻtkazib yubormasdan, uning oʻng oldi tomoniga borib urilib, YTH sodir etilgan.

Natijada, 20 yoshli “Damas” avtomobili haydovchisi voqea joyida, ushbu avtomobilning 18 yoshli yoʻlovchisi esa shifoxonada vafot etgan.

“Kamaz” yuk avtomobili haydovchisi va yoʻlovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan hodisa sodir boʻlgan kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.