Daraxtga shikast yetkazgan huquqbuzar 8,5 million jarima toʻladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda «Panorama»ning orqasidagi qurilish maydonida daraxtlarga shikast yetkazilayotgani boʻyicha videolar tarqaldi.

    Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Shayxontohur tumani inspektorlari joyiga borib oʻrganish ishlarini olib bordi va huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi qoʻllanildi.

    Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabar qildi.

    Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Shayxontohur tumani inspektorlari voqea joyiga borib, oʻrganish ishlarini olib bordi.

    Huquqbuzar qurilish ishlarini boshlashdan oldin daraxtlarni xatlov qilish kerakligi boʻyicha ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan K.A tomonidan qurilish olib borilayotgan hududda daraxtlarga shikast yetkazilganligi aniqlandi.

    Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 79-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari yaʼni 8 500 000 soʻm jarima va 1 360 000 soʻm zarar yetkazganligi uchun jarima jazosi qoʻllanildi. Kelgusida daraxtlarga shikast yetkazmaslik va kesmaslik boʻyicha qatʼiy tartibda ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.