Maʼlum boʻlishicha, “Spark” rusumli haydovchisi avtomobil tezligini meʼyoridan oshirgan holda harakatlanayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va koʻrsatilgan manzilda yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada, 29 yoshli haydovchi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobildagi 34 yoshli yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.