Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Qarshi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan hududda navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.
Reyd davomida Qarshi tumani “Mangʻit” MFY hududida fuqaro O. B. tomonidan 50 bosh mayda shoxli mollarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt koʻchatlari orasiga haydab, koʻchatlarni shikastlantirganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O. B. BHMning 50 baravari — 17 mln soʻm miqdorida jarimaga tortildi.