Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Yangiyer shahar “T.Malek“ MFY da yashovchi fuqaro E.Z xalqaro ahamiyatdagi M-34 “Toshkent-Dushanbe“ avtomobil yoʻlining Xovos tumani “Yangiyer“ MFY hududidan oʻtuvchi qismida yoʻl chetidagi oʻsimlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida 2 dona tol daraxti kuyib, oʻsishdan toʻxtamagan darajada shikastlangani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaro E.Zga nisbatan MJtKning 79- modda 1- qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 million 375 ming soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 2 million 250 ming etib belgilandi.