Bundan roppa-rosa bir hafta avval Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi viloyatning Qoʻshtepa tumani “Gʻishtmon“ MFYdagi “Otalar oromgohi“ hududida bir tup chinor va 1 bir tup tol daraxtini shu mahallaning Yangi ariq koʻchasi 121-uyda yashovchi fuqaro S.M tomonidan oʻzboshimchalik bilan, hech qanday ruxsatnomasiz tagidan kesib tashlangani haqida xabar bergan edi.
Ushbu holatga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda jarima va oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangandi.
Shu yilning 21-fevral kuni 2 tup daraxtni noqonuniy kesib, oʻsimlik dunyosiga zarar yetkazgan fuqaro “Gʻishtmon“ MFYdagi mahalla guzariga kompensatsiya sifatida, 23 tup povloniya, 30 tup archa, 100 tup tok hamda 70 tup mevali, jami, 223 tup daraxt koʻchatlarini ekib berdi.