Ko'pincha,  daraxtlarga mas'uliyatsiz munosabat uchraydi: zich qilib betonlash yoki daraxt tanasiga yaqin qilib asfalt yotqizish... Bu kabi tadbirlar sug'orish, tuproqning nafas olishi va daraxt o'sishi uchun joy qoldirmaydi.

Ammo birgalikda biz daraxtlarni saqlab qolishimiz va beparvo quruvchilarning harakatlaridan zararni bartaraf etishimiz mumkin.

Toshkent shahar hokimligi faol harakatga qo'shilishga va befarq bo'lmaslikka chaqiradi: 

"Agar yuqoridagi kabi zararli holatlarni ko'rsangiz,  "Xalq Nazorati" xizmatining maxsus bo'limiga xabar bering. U daraxtni betonlash haqidagi ma'lumotlarni maqsadli qayta ishlash uchun yaratilgan va to'g'ridan-to'g'ri ijrochilar bilan tezda bog'lanishga yordam beradi.

Xalq Nazorati → “Jamoat joyi” → “ekologiya” bo'limi → “Betonlangan daraxt tanasi” bandini tanlang.

Aytish joiz, daraxtlar bilan bog'liq muammolar haqida 268 ta xabarning 66 tasi betonlash bilan bog'liq bo'lib,  61 ta daraxt beton tutqunligidan ozod qilingan.

Bunday muammolar haqida xabar beruvchi, ular bartaraf etilganidan keyin betondan ozod qilingan daraxtlarning fotosuratlarini e'lon qiluvchi Telegram-kanallarga minnatdorchilik bildiramiz. Yechim yanada tezroq bo'lishi uchun esa, foydalanuvchilardan to'g'ridan-to'g'ri "Xalq nazorati"ga murojaat qilishlarini so'raymiz.

Ma'lumot uchun: “Xalq nazorati” xizmati poytaxt aholisi va Toshkent shahridagi shahar xizmatlari xodimlarining samarali hamkorligi uchun interaktiv xizmatdir. 2021 yil 16 fevralda ishga tushirilgandan buyon 9222 nafar foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ularning murojaatlari bo'yicha 8377 ta muammo bartaraf etilgan. Murojaatlarning aksariyati uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasiga tegishli" , deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.