Buning uchun “Payme” va “Paynet” toʻlov tizimida “Kitob jamgʻarmasi” boʻlimiga oʻtish orqali farzandingiz tahsil olayotgan taʼlim muassasasi joylashgan hududi, muassasa nomi (raqami), taʼlim tili, sinfi va guruhini tanlangan holda oʻquvchining “Familiyasi, Ismi, Otasining ismi” kiritiladi.
Shundan soʻng tegishli taʼlim tili va sinfiga qarab ijara toʻlovi miqdori avtomatik tarzda paydo boʻladi. Toʻlovdan oldin kiritilgan barcha maʼlumotlarni tekshirish va “TOʻLOV” tugmasini bosish bilan toʻlov amalga oshiriladi.
Elektron toʻlovlar boʻyicha savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda Respublika Maqsadli kitob jamgʻarmasining (71) 239-14-91 yoki (71) 239-44-57 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.