Ushbu noyob eksponat birinjdan (bronza) yasalgan boʻlib, XIV-XV asrlarga mansub hisoblanadi. Kashkuldan oʻrta asrlarda turli maqsadlarda, xususan, masalliq va ziravorlar saqlash uchun foydalanilgan. Shuningdek, ushbu idish turini darveshlar ham ishlatishgan. Ular kashkulni qoʻllarida tutganicha zikr va salovotlar aytishgan, duolar qilishgan. odamlar esa xayr-sadaqalarini kashkulga tashlashgan.

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga borib shu kabi noyob tarixiy eksponatlarni tomosha qilishingiz mumkin. Zero, har bir eksponat bizni tarixning maʼlum bir qatlamidan ogoh etadi.