AQSH davom etayotgan “Birmingem–2022” Butunjahon oʻyinlarida yurtdoshimiz Darya Latisheva yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. U Bill battle coliseum sport majmuasida oʻtgan ushu boʻyicha musobaqada kumush medal sohibiga aylandi. U 2016-yili jahon chempioni unvoniga sazavor boʻlgan.
Shunday qilib, ushbu nifuzli musobaqada hamyurtlarimiz ikkinchi medalni qoʻlga kiritishdi. Avvalroq Dostonbek Otabolayev karate musobaqalarida faxrli uchinchi oʻrinni olib, bronza medali sohibiga aylangan edi.
Shu kungacha boʻlib oʻtgan musobaqalar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 8 oʻyinda bormoqda.