Maʼlum boʼlishicha, Chirchiq daryosida uch nafar bolalar choʼmilish maqsadida daryo oʼrtasidagi orolchaga suzib borishgan. Аmmo suv sathining keskin koʼtarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishning imkoni boʼlmay qolgan.
Mazkur holat boʼyicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan uch nafar bolalar maxsus kichik hajmli kemada qirgʼoqqa olib oʼtilib ota-onalariga topshirildi.