Qayd etilishicha, holatga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliev e'tibor qaratgan.

Viloyat rahbari Guliston tumani Sohilobod mahallasidagi 15-umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, videoda aks etgan holat ishtirokchisi, asli Toshkent viloyati Bekobod tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi Zamira To'ychievaning onasi bilan suhbatda bo'ldi.

— Avvalo, qizingizni jasoratini ko'rib qoyil qoldim. Ilmga chanqoqligi shundoqqina ko'rinib turipdi. Chuqur ta'lim olishi uchun qo'limizdan kelgan barcha yordamni ko'rsatamiz,  — dedi viloyat hokimi.

Shuningdek, Zamira To'ychievaga o'qishda foydalanishi uchun noutbuk, kitoblar jamlanmasi hamda yangi yil sovg'alari tortiq etilgan.