Kecha, 6-avgust kuni soat 16:30 da Toshkent viloyati FVBga “Qorasuv” daryosining Oʻrtachirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismida ikki nafar oʻsmir yigit qolib ketganligi va ularga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudilk bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan.

Maʼlum boʻlishicha, ikki nafar oʻsmir yigit daryo suvining sathi pastligidan foydalanib daryoning markaz qismida baliq ovlamoqchi boʻlishgan.

Bir ozdan soʻng suv sathi koʻtarililib, oqim tezlashganligi bois, yigitlar qirgʻoqqa chiqa olmagan. Qutqaruvchilarning saʼyi harakatlari natijasida yigitlar sogʻ-salomat qirgʻoqqa olib chiqilib, yaqinlariga topshirilgan.