Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan 345,6 milliard soʻm mablagʻning katta qismi respublika va mahalliy byujetidan, shuningdek, bir qismi tarmoq korxonalari, tadbirkor va homiylar hamda bank kreditlari hisobidan qoplanadi.
Dasturga tushgan mahallalarda oʻtgan davr mobaynida yoʻllarni asfaltlash, imoratlar fasadlarini taʼmirlash, koʻchalarga tungi chiroqlar oʻrnatish, eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash, ichimlik suv quvurlari yotqizish ishlar jadallik bilan olib borildi. Shu kungacha 220 milliard soʻmlikka yaqin mablagʻlar oʻzlashtirilib, asosiy ishlarning katta qismi amalga oshirildi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.