Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida korporativ boshqaruvni joriy etish” loyihasi doirasida oʻquv vebinari tashkil etildi.

Mazkur vebinarda, xalqaro ekspert R.Frederik tomonidan istiqbolli xorij tajribalari asosida ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv tizimining baholash mezonlari yuzasidan ishtirokchilarga taqdimot oʻtkazildi.

Xususan, mazkur baholash mezonlarini ishlab chiqish va davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga tatbiq etish mexanizmlari, shuningdek amaliyotda qoʻllashdagi afzalliklar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻz navbatida, tadbir ishtirokchilarining xorij mamlakatlarining korporativ boshqaruv sohasidagi tajribalari, jumladan korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlari yuzasidan bergan savollariga xalqaro ekspertlar tomonidan tegishli javoblar berildi, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.