Davlat Bobonov nega Parij “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etmaydigan boʻldi?

    Dzyudo boʻyicha ertaga start oladigan Parij “Katta dubulgʻa” turniri oldidan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻzgarish boʻldi.

    -90 kilogramm vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Davlat Bobonov musobaqani oʻtkazib yuboradigan boʻldi. Milliy olimpiya qoʻmitasi sportchimizga tayanib maʼlum qilishicha, salomatligida kichik muammo borligi bois ushbu musobaqada qatnasha olmaydi.

    Shu tariqa, bellashuvlarda 7 nafar sportchimiz ishtirok etadi. Bugun kunning ikkinchi yarmida qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.