Davlat Bobonov Xalqaro dzyudo federatsiyasi tuzgan yangi reytingida birinchi oʻrinda

    Sport 27 Oktabr 2021 943

    Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, unda -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

    Joriy yil Bobonov uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Jahon chempionatidagi kumush, Olimpiya oʻyinlaridagi bronza medali uni bugunga kelib oʻz vaznining yetakchisiga aylanib olishida katta zamin yaratdi. Qayd etish joiz, soʻnggi boʻlib taniqli dzyudochimiz Rishod Sobirov London-2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi oʻrinda qayd etilgan edi. Batafsil:

    -60 kg:
    1. Yago Abuladze (Rossiya) – 4841 ochko
    20. Kemran Nurillayev – 1928 ochko

    -66 kg:
    1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5603 ochko
    6. Sardor Nurullayev – 3569 ochko

    -73 kg:
    1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5175 ochko
    13. Hikmatilloh Toʻrayev – 2879 ochko

    -81 kg:
    1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6692 ochko
    4. Sharofiddin Boltaboyev – 4436

    -90 kg:
    1. Davlat Bobonov (Oʻzbekiston) – 6004 ochko
    35. Shermuhammad Jandreyev – 1140 ochko

    -100 kg:
    1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5524 ochko
    13. Muhammadkarim Xurramov – 3015 ochko

    +100 kg:
    1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 5900 ochko
    22. Alisher Yusupov – 1833 ochko
    26. Bekmurod Oltiboyev – 1487 ochko

    Ayollar:
    -52 kg:
    1. Amandin Bushar (Fransiya) – 6520 ochko
    11. Diyora Keldiyorova – 3202 ochko

    -70 kg:
    1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5810 ochko
    11. Gulnoza Matniyazova – 3027 ochko