Sport tarixida nomlari muhrlangan katta leytenant Davlat Bobonov va kichik serjant Diyora Keldiyorova o'z vazn toifalarida jahon reytingining karvonboshiga aylandi. Boku shahrida o'tkazilgan «Katta dubulg'a» turnirida tarixda ilk bor o'zbek dzyudochi qizi D.Keldiyorova jahon reytingi peshqadamiga aylanib, 1-o'rinni egalladi. Toshkentda o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan D. Bobonov esa oltin medalini davlatimiz rahbari qo'lidan qabul qilib oldi.

Tadbirda Mudofaa vazirligining o'nga yaqin sportchilariga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi. Е'tirborlisi, erishilgan yuqori natijalari uchun Davlat Bobonovga muddatidan oldin «katta leytenant» unvoni berildi.