Maʼruzada taʼkidlanishicha, investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlariga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 9,2 foizi yoki 5 trln 979 mlrd soʻm miqdorda mablagʻ sarflandi.
Shundan:
bevosita davlat byudjetidan Investitsiya dasturiga kiritilgan 1 834 ta obyektlarni qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari uchun 4,1 trln.soʻm mablagʻlar moliyalashtirib berilgan boʻlib, oʻzlashtirish yillik parametrga nisbatan 35 foizini tashkil etdi.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari uchun jami 3, 8 trln.soʻm rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning 1-iyul holatiga 1,1 trln. soʻm yoki jami mablagʻlarning 28 foizi oʻzlashtirildi.
Maʼlumot uchun: 2019-yilning 1 yarim yilligida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi yilllik parametrlarga nisbatan 52 foizni tashkil qilgan.
Investitsiya dasturining hisobot davrida ijrosini vazirlik va idoralar kesimida tahlil qilinganda, byudjetdan mablagʻlar toʻliq ajratilganligiga qaramasdan, ayrim vazirlik va idoralar tomonidan ushbu mablagʻlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi pastligini koʻrsatmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yillik koʻrsatkichning 4 foizi (33,3 mlrd.soʻmdan 1,2 mlrd.soʻm), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 5 foizi, Madaniyat vazirligi tomonidan 8 foizi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 10 foizi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi 15 foiz (17,9 mlrd.soʻmdan 2,7 mlrd.soʻm ishlatilgan) oʻzlashtirilgan xolos.
Misol uchun, Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 332 ta maktabgacha taʼlim muassasalari uchun 1 348,7 mlrd.soʻm ajratilgan boʻlib, joriy yilning 1-iyuliga qadar 256 ta maktabgacha taʼlim muassasasini qurishtaʼmirlash ishlarini boshlash uchun 139,2 mlrd.soʻm moliyalashtirilgan va qolgan 76 ta obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari tayyor boʻlmagani uchun moliyalashtirish ochilmagan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga 47 ta sport komplekslar va sport taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun 308,6 mlrd.soʻm ajratib berilgan boʻlsa-da, hisobot davriga qadar 17 ta sport obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari uchun bor yoʻgʻi 16,6 mlrd.soʻm yoki belgilangan rejaning 5 foizi oʻzlashtirilgan xolos. Qolgan 165,5 mlrd.soʻmlik 30 sport obyektlari boʻyicha hisobot davriga qadar moliyalashtirish ochilmagan.
Huddi shunday holatlarni Madaniyat vazirligi tasarrufidagi obyektlarda ham kuzatish mumkin. Masalan, 10 ta madaniyat va sanʼat muassalarini qurishtaʼmirlash ishlari uchun rejalashtirilgan 62,3 mlrd.soʻm mablagʻlardan 6 tasi uchun uchun bor yoʻgʻi 5,0 mlrd.soʻm moliyalashtirilgan yoki yillik koʻrsatkichning oʻzlashtirilishi atigi 8 foizni tashkil qilmoqda. Qolgan 4 ta madaniyat va sanʼat muassasalari moliyalashtirish boshlanmagan.
Investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlarning bunday past darajada oʻzlashtirilishi sababi shuki, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish jarayoni oʻz vaqtida oʻtkazilmasligi va choʻzib yuborilganligi, pandemiya tufayli qurilish ishlarining sekinlashishi bilan bogʻliq.