Joriy yilning birinchi yarmida budjetga tushgan soliq tushumlari 71 trillion so'mni tashkil etib, bu o'tgan yilning shu davriga (61,4 trln so'm) nisbatan 15,7 foizga o'sgan. Bu haqidagi ma'lumotni Davlat soliq qo'mitasi e'lon qildi.

Soliq to'lovchilarga soliq yukining pasaytirilishi hisobiga soliq bazasining kengayishi hamda soliq ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faolligining ortishi soliq organlari nazoratidagi tushumlar o'sishini ta'minladi.

O'sish sur'ati eng yuqori bo'lgan hududlar – TOP-5:

  1. Toshkent shahri — 43,5% (9,9 trln so'm);
  2. Farg'ona viloyati — 39,1% (2 trln so'm);
  3. Samarqand viloyati — 36,1% (1,9 trln so'm);
  4. Buxoro viloyati — 35,7% (1,5 trln so'm);
  5. Surxondaryo viloyati — 34,1% (1,2 trln so'm).