Tadbir davomida Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi, 1977-y.t. “Q.U.”ning “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasi hududida joylashgan yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, xufiyona joyga yashirib qoʻyilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan 436 dona “Redmi Note 10s” uyali telefon apparatlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida “Q.U.” umumiy qiymati qariyb 935 mln. soʻmni tashkil etuvchi mazkur telefon apparatlarini kelgusida sotish maqsadida Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosidan olganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda “Q.U.”ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.