Xususan, jinoyat ishlari boʻyicha Chust tuman sudining 2020-yil 14-fevraldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Mamadaliyev Tursunalidan davlat foydasiga 23.415.000 soʻm jinoiy jarima undirilishi belgilangan. Mazkur ijro hujjati boʻlim ish yurituviga olingan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga koʻrsatib oʻtilgan jinoiy jarimani oʻz vaqtida toʻlash yuzasidan tushuntirildi. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida davlat foydasiga salkam 23,5 mln soʻm jarima undirilib, amalda ijro hujjatlari tamomlandi.

Yoki boʻlmasa, fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor A.Hojimatovdan undiruvchi Z.Fozilova foydasiga 36.008.679 soʻm qarz pullarini majburiy tartibda undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati boʻyicha ham davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, toʻliq undirilishi taʼminlandi.

Boʻlim ish yurituviga olingan qarzdor S.Ahmedovdan undiruvchi A.Otavaliyev foydasiga jinoyat natijasida yetkazilgan 4.924.300 soʻm moddiy hamda 2.000.000 soʻm maʼnaviy zarar pullari ham toʻliq undirilib, ijro hujjati tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi