Prezidentning 2005-yil 2-iyundagi qarori 6-bandida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish yuklatilgan.

Mazkur topshiriqqa muvofiq 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tahsil olib tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati belgilangan.

Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori bilan Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. 

Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan. 

Vazirlik izohiga ko‘ra, nizomdagi tartiblar yangi huquqiy normalarga zid emas va ushbu nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qoida biror-bir normativ hujjatda koʻzda tutilmagan.

Ya’ni, oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.